O'zbekiston

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurt hududining markaziy qismida joylashgan Qoratau maydonida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida chuqur quyi yura qatlamlarida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz uyumlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.



Bildirilishicha, Qoratau maydoni maʼmuriy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan bo‘lib, maydonda 1-sonli izlov qudug‘i 4860 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan.



3-oktyabr kuni sinash ishlari jarayonida quyi yura qatlamlaridan 3273–3213 metr chuqurlik oralig‘idan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimi olingan hamda yangi gazkondensatli Qoratau koni ochilishiga erishilgan.



Rejaga muvofiq, joriy yil yakuniga qadar maydonda 2-sonli izlov qudug‘ini burg‘ilashni yakunlash hamda navbatdagi 3- va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarida burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.



«Qoratau maydonida erishilgan geologik natija Ustyurt regionida chuqur qatlamlarni o‘rganish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash imkonini yaratdi», deyiladi xabarda.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.