Siyosat

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

 

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

 

Sammitda mintaqaviy va xalqaro masalalar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarda davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari muhim o‘rin tutganini ta’kidladi. U mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va pragmatizmga asoslangan hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

 

Prezident savdo, transport, energetika, sanoat va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kuchaytirish, yagona hamkorlik makonini shakllantirish taklifini ilgari surdi.

 

Iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun qo‘shma sanoat va texnologik zanjirlar, umumiy raqamli xizmatlar hamda investitsiya mexanizmlarini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Shu ma’noda “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyili ilgari surildi.

 

Shuningdek, 2027-yilda Xivada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish taklif qilindi.

 

Energetika, suv resurslari, ekologiya, muhim minerallar va sun’iy intellekt sohalarida ham qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar bildirildi.

 

Sammit yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni qabul qildilar hamda bir qator ko‘p tomonlama hujjatlarni imzoladilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.