O'zbekiston

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi

Raqobat qo‘mitasi ushbu amaliyotni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi.

Ortiqcha kredit to‘lovi asosiy qarzga yo‘naltirilmayapti: Raqobat qo‘mitasi banklar amaliyotiga eʼtiroz bildirdi



Raqobat qo‘mitasi kredit to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob mexanizmini isteʼmolchilar manfaatlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bankka taklif yubordi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.


Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, ayrim banklarda kredit uchun oylik to‘lovdan ortiqcha to‘langan mablag‘ asosiy qarzni kamaytirishga yo‘naltirilmay, tranzit hisobvaraqlarda saqlanib qolmoqda. Buning oqibatida asosiy qarz kamaymaydi va unga foiz hisoblanishi davom etadi.


Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Hamkorbank” kredit shartnomalarida ortiqcha to‘lovni asosiy qarzga yo‘naltirish majburiyati belgilangan bo‘lsada, amaliyotda ushbu talab bajarilmayotgani haqida murojaatlar kelib tushgan. Shuningdek, banklarning mobil ilovalarida kredit to‘lovlarini boshqarish imkoniyatlari yetarli emasligi qayd etilgan.


Qo‘mita fikricha, ortiqcha to‘langan mablag‘ni asosiy qarzga yo‘naltirmaslik va unga foiz hisoblashni davom ettirish isteʼmolchilar huquqlariga zid bo‘lishi mumkin.


Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarni tartibga soluvchi nizomning 37-bandiga ko‘ra, shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, oylik to‘lovdan ortiq tushgan mablag‘ asosiy qarzni so‘ndirishga yo‘naltirilishi va kredit summasi qayta hisoblanishi lozim. Bank dasturiy taʼminotidagi nosozliklar isteʼmolchi majburiyatlarining ortishiga sabab bo‘lmasligi kerak.


Raqobat qo‘mitasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshiradigan mijozlar manfaatlarini taʼminlash maqsadida ikkita taklif kiritdi:


amaldagi tartib va xorijiy tajribani hisobga olib, nizomning ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzga yo‘naltirishni belgilovchi 37-bandini qayta ko‘rib chiqish;

kredit hisob-kitoblari, jumladan, kreditni muddatidan oldin so‘ndirish shartlarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun orqali tartibga solish.


Qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, ayrim xorijiy davlatlarda kreditni ortiqcha to‘lash va muddatidan oldin so‘ndirish bo‘yicha alohida mexanizmlar mavjud.


Masalan, AQSHning ayrim banklarida mijozlar mobil ilovadagi “Prinsipal Only” funksiyasi orqali ortiqcha mablag‘ni bevosita asosiy qarzga yo‘naltirishi mumkin.


Rossiyada isteʼmol kreditini muddatidan oldin so‘ndirish uchun qo‘shimcha haq olish nazarda tutilmagan. Qozog‘istonda esa kreditni muddatidan oldin jarimasiz so‘ndirish mumkin, qisman so‘ndirishda oylik to‘lovni kamaytirish yoki kredit muddatini qisqartirish imkoniyati mavjud.


Yevropa Ittifoqida ham muddatidan oldin so‘ndirish natijasida qolgan davrga tegishli foizlar va xarajatlarni kamaytirish huquqi belgilangan.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari 87,2 mlrd so‘m deb ko‘rsatilgan: byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan

Nurafshondagi qurilishda soxta maʼlumotlar aniqlangan.

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google’dan talabalar uchun imkoniyat: 1 yillik AI obunasi bepul taqdim etiladi

Google va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekistonlik talabalar uchun yangi imkoniyat yaratildi.

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Sud raisi xonasidan pul topildi: xizmat tekshiruvi boshlandi

Hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘q.

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Gaz balloniga yashirilgan 42 kg opiy: Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh etildi

Tezkor tadbir davomida narkotik moddalarni olib ketish uchun kelgan ikki kishi va ularning buyurtmachisi ham qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari milliy taomlari festivalida bo‘ldi

Tadbirda MDH mamlakatlari milliy oshxonasining pazandachilik an’analari namoyish etildi.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.