Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi
Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston 2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) organlariga raislik qiladi. Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ma’lum qildi.
Berdimuhammedovning aytishicha, davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida MDHga raislikni kelasi yil boshidan O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Hozirda MDH organlariga Turkmaniston raislik qilmoqda. MDH davlat rahbarlarining sammiti Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi Avaza milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Eron prezidenti Masud Pezeshkian ishtirok etmoqda. Pezeshkian sammitda ilk bor qatnashmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham O‘zbekiston kelasi yildan MDHga raislik qilishini tasdiqladi. U Shavkat Mirziyoyevga ushbu vazifada muvaffaqiyat tilab, Rossiya tomoni O‘zbekistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.








