Jahon

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir kun ichida Buyuk Britaniya, Fransiya, Finlyandiya va Norvegiya yetakchilari bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqdagi ma’lumotlar uning rasmiy saytida e’lon qilindi.

 

Zelenskiy Endi Bernhem, Emmanuel Makron, Aleksandr Stubb va Yonas Gar Styore bilan suhbatlashgan.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Rossiya dizel yoqilg‘isining 4,8 million tonnasini AQSh va jahon bozorlariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan. AQSh Moliya vazirligi ham ushbu yetkazib berishlar uchun vaqtinchalik litsenziya bergan.

 

Axios nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Kiyev Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni to‘xtatish haqidagi so‘rovlarni olti marta e’tiborsiz qoldirganidan keyin bunday kelishuvga borgan.

 

Zelenskiy kelishuvni «adolatsiz va insofsiz», shuningdek, «zaif qaror» deb atagan.

 

Shundan so‘ng Tramp Zelenskiyning harakatlari yoqilg‘i narxlarining oshishiga sabab bo‘layotganini yana bir bor ta’kidlagan. U Ukraina prezidentini butun dunyo uchun muammolar yaratishga urinishda ayblab, mamlakatga prezidentni almashtirishni taklif qilgan.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.