1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

30 avgustdan Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan 30 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenidagi poyezdlar qatnovi yangi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

30 avgustdan Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

 

 

Xususan:

 

  • “Chilonzor” va “Sergeli” yo‘nalishlarida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha – 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

  • “O‘zbekiston” yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha – 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

  • “Yunusobod” yo‘nalishi ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.

 

Shuningdek, 30 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent metropolitenining kengayishi va poytaxtning aholi zich joylashgan tumanlarida ham yangi yo‘nalishlar ochilishi bilan birga yo‘lovchi tashish hajmi ikki barobarga oshgan. Tig‘iz payt vaqtida stansiyalarning platformalarida va harakat tarkiblarida yo‘lovchilarning ko‘payishi kuzatila boshlagan.

 

Qayd etilishicha, ushbu muammoni hal qilish uchun yangi, zamonaviy metrovagonlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan.

 

Avvalroq Rossiyadan Toshkentga 20 ta yangi metro vagonlari yuborilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика