AQShda 1-yanvar kuni bir qator aviakompaniyalar 2,4 mingdan ortiq reyslarni bekor qildi. Qaror yomon ob-havo va ekipajlar orasida "Omicron" shtammining keskin tarqalishi tufayli qabul qilindi, deb xabar berdi CNBC.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, United Airlines, Delta Air Lines va JetBlue Airways kompaniyalari ko'plab reyslarni keyinga qoldirgan. Bundan tashqari, laynerlar ekipaji orasida "Omicron" shtammining aniqlanishi ham yuzlab reyslarni bekor qilinishiga sabab bo'ldi.
FlightAware parvozlarni kuzatish veb-saytiga ko'ra, Rojdestvo arafasida AQSh aviakompaniyalari 12 000 dan ortiq reyslarni bekor qilgan.
Ma'lumot uchun: koronavirusning "Omicron" shtammi jahon aviatsiya sanoatiga katta zarba berdi.
Nasiba To'xtayeva


