Jamiyat
|
05 May 11:08
233
Jamiyat
|
05.05.2022, 11:08
233

Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi

"Uzbekistan Airways" qo‘shimcha aviaqatnovlar jadvalini eʼlon qildi.

 

Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani sababli hamda yo‘lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022 yil 5 may kuni «Uzbekistan Airways» AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi

 

Qo‘shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

 

HY-085 Toshkent – Farg‘ona 15:00 / 16:00

HY-086 Farg‘ona – Toshkent 17:00 / 18:00

HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 / 20:00

HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00

 

Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.

 

Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.

 

☎️Maʼlumot uchun telefon: +998 78 140 02 00

tags: