1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ko‘zdan nari, mehrdan nari yoxud davlat muhofazasiga olingan masjid va madrasaga eʼtibor yo‘qmi?

Muammo ko‘tarilgach, Madaniy meros agentligi "tilga kirdi".

Ko‘zdan nari, mehrdan nari yoxud davlat muhofazasiga olingan masjid va madrasaga eʼtibor yo‘qmi?

 

«Qarshi shahrining eski shahar qismida tarix bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan XVIII asrda qurilgan Sharafboy madrasa  va Chaqar masjidi meʼmoriy yodgorligi faoliyat ko‘rsatmagani bois qarovsiz ahvolda qolgani tufayli kundan kunga nurab bormoqda. Fuqarolar hech bo‘lmasa masjidni hashar yo‘li bilan taʼmirlash tarafdori ekanliklarini aytishmoqda. Lekin bino davlat muhofazasiga olingani tufayli bunga ruxsat yo‘q». 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan Chaqar masjidi va Sharafboy madrasasi yuzasidan tanqidiy xabar tarqaldi. Bunga Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi

 

Taʼkidlanishicha, Chaqar masjidi va Sharafboy madrasasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarori bilan milliy ro‘yxatga kiritilgan. Ushbu madaniy meros obyektlari avariya holatda va taʼmirtalabligi sababli Madaniy meros agentligi huzuridagi taʼmirshunoslik instituti loyiha guruhi taklif etilib, loyihalash ishlari boshlangan.

 

Chaqar masjidi Qashqadaryo viloyat Madaniy meros obyektlarini 2023 yilda taʼmirlash va konservatsiya qilish rejasiga kiritilgan. 2023-yil uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilgandan so‘ng, taʼmirlash va konservatsiya ishlari olib boriladi.

 

Shuningdek, Sharafboy madrasasi ham 2023 yil taʼmirlash va restavratsiya qilish dasturiga kiritish rejalashtirilgan. Agentlik huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tasdiqlagan xulosaga asosan qurilish taʼmirlash va restavratsiya ishlari bajariladi.

 

«Har qanday madaniy meros obyektlarida fuqarolar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarisiz taʼmirlash restavratsiya ishlari olib borilishga ruxsat berilmaydi», — deya eslatdi Madaniy meros agentligi rasmiy xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика