1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport / 
  4. Kuba boks terma jamoasi yurtimizda yetib keldi

09:49 / 12.10.2021

956

Kuba boks terma jamoasi yurtimizda yetib keldi

Kuba boks terma jamoasi yurtimizda yetib keldi

Bugun jahon boksida katta obro‘ga ega davlatlardan biri bo‘lgan Kuba terma jamoasi to‘liq tarkib bilan yurtimizga yetib keldi.

 

Bundan ikki yil oldin O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Kuba boks federatsiyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan edi. Kelishuvga ko‘ra, 2019-yilning noyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi Kubada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borgandi. Ushbu kelishuvning davomi sifatida Kuba terma jamoasi O‘zbekistonda yurtimiz charm qo‘lqop ustalari bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadigan bo‘ldi.

 

Ayni kunlarda O‘TJ Toshkent viloyatining Yangiobod o‘quv bazasida yig‘in olib bormoqda. Bugun kubaliklar ham yig‘inga qo‘shiladi va har ikki mamlakat bokschilari oldinda turgan jahon chempionatiga birgalikda tayyorgarlik olib boradi.

 

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 22-oktabrga qadar davom etadi. Shundan so‘ng har ikki terma jamoa jahon chempionatida ishtirok etish uchun Belgrad shahriga jo‘nab ketadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr – 6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq, Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etishi va bokschi qizlarimiz Bolgariyadagi xalqaro turnirga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика