1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi

Rossiyadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant mamlakatdan “deport” qilindi.

Ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi

Bu haqida “Sputnik” xabar bermoqda.

Moskva politsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Vladimir Vasenin so‘zlariga ko‘ra, “Kuzminki” metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 46 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilingan. Yaqin kunlarda yana 41 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, sud qarori bilan 87 kishi Rossiya IIV Moskvadagi bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 sutka muddatga joylashtirildi.

Sakkiz nafar migrantga nisbatan “bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Moskva viloyatidagi Odinsovo va Mitishi shaharlarida  ham ikkita ommaviy to‘qnashuv bo‘lib o‘tgani xaqida xabar bergan edik. Unda jami 60 nafarga yaqin muhojir qatnashgan edi. Guvohlarga ko‘ra, ishtirokchilarning qo‘lida pichoq va temir bo‘laklari bo‘lgan. Voqea oqibatida IIV qo‘lga olingan muhojirlarni qayta mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, deport qilgan edi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика