1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda endi hayvonlar  qattiq himoya qilinadi: ularga nisbatan shafqatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Bag‘rikenglik, gender tengligi, sunʼiy intellekt masalalari inson huquqlarining asosiy tamoyiliga aylanmoqda.

O‘zbekistonda endi hayvonlar  qattiq himoya qilinadi: ularga nisbatan shafqatsizlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

 

Lekin hayvonlarga bo‘lgan eʼtibor va munosabatchi? Oramizda kim ko‘chadan arava tortib o‘tayotgan eshakka achinmagan?

 

Shu yilning 25 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, xususan, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka o‘zgartirishlar kiritildi. Endi qoidabuzarlar 12 million so‘m miqdorida jarima yoki 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Ilgari jarima eng kam ish haqining 1/2 baravaridan 2 baravarigacha edi.

 

Hayvonlar  huquqlari Yevropa hayvonlarni himoya qilish konvensiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra:

 

1. Hech kim hayvonga keraksiz og‘riq, azob yoki zarar yetkazishga haqli emas.

2. Uy hayvonini qarovsiz tashlab ketishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Hayvonlar salomatligiga alohida eʼtibor qaratish zarur. Hatto uysiz hayvonlar ko‘payishi muammoli muhitni yaratsa ham, konvensiyaga binoan, ularni ruhiy stressga olib kelmasdan qo‘lga olish kerak. Faqat veterinar yoki boshqa malakali odamlar zarurat tug‘ilganda hayvonni bo‘g‘ib o‘ldirishi, cho‘ktirishi yoki boshqa shafqatsiz choralar ko‘rmasdan evtanaziya (o‘ldirish) qilishi mumkin.

 

Dunyo mamlakatlarida to‘rt oyoqli do‘stlarimiz qanday sharoitda yashaydi?

 

Rossiya: Mamlakatda yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanadi. Adashgan hayvonlar nafaqat boshpana bilan taʼminlanadi, balki  ular uchun “ushlash - sterilizatsiya - emlash - avvalgi yashash joyiga qaytarish” dasturi amal qiladi. Yaʼni adashgan hayvonlarni sterilizatsiya qilish, emlash, odamlardan himoya qilish uchun zarur choralar ko‘riladi. Bular, albatta, uy hayvonlariga taalluqli.

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari: San-Fransiskoda hayvonlar junini sotish butkul to‘xtatilgan. Baʼzi shtatlarda itlarni masxara qilish, hatto, ularni o‘rgatish taqiqlangan. Boshqa shtatlarda esa bitta uy egasi 9 tadan ko‘p hayvon saqlay olmaydi.

 

Yevropa Ittifoqi: Unga aʼzo mamlakatlarda kosmetika mahsulotlarini hayvonlarda sinovdan o‘tkazish butkul cheklangan. Ispaniya qadimiy buqalar jangidan voz kechishga tayyor. Lekin bu masala hali hal etilmagan, ko‘plab ispan telekanallari bu jangni namoyish qilmaydi.

 

Ispanlar, ayniqsa, maymun, delfin va boshqa hayvonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Ular uchun maxsus sharoit yaratilgan va uy hayvonlarini sirkka jalb qilish taqiqlangan.

 

Hindiston: Bu yerda barcha hayvon muqaddas sanaladi. Ular orasida sigirga munosabat alohida o‘rin tutadi. Egasiz sigir politsiyaga yuboriladi, unga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun 14 yil qamoq jazosi belgilangan.

 

Shveysariya: Bu yerda uy hayvonlariga qariyb oila aʼzosi sifatida munosabat qilinadi. Masalan, er-xotin ajrashganda, taraflardan biri taqdim etishi mumkin bo‘lgan shartlar orasida hayvon kim bilan qolishi ham hisobga olinadi. Ko‘chadagi hayvonlarga egalik qilish uchun mahalliy hokimiyatga jonivor to‘g‘risida xabar berish kerak. Agar  uning egasi bir necha oy ichida topilmasa, shundan so‘ng egalik qilishi mumkin. Lekin bundan oldin u, albatta, hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha imtihondan o‘tadi.

 

Gollandiya: Bu yerda adashgan hayvon yo‘q. Hayvonlar huquqini himoya qiladigan siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Uy hayvonlari egalariga soliq solinadi. Bu, o‘z navbatida,  ularga nisbatan masʼuliyatli bo‘lishga yordam beradi.

 

 Akram Hamraqulov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика