“Nasafnews” telegram kanalida xabar qilinishicha, Mirishkor va Kasbi yo‘nalishida avariya sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 4 kishi vafot etgani va ularning 3 nafari bir oila a’zolari ekani aytilmoqda.
Holat bo‘yicha xozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Avvalroq Qashqadaryoning Muborak tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgani xabar qilingandi.


