1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qashqadaryoning "shumaxer"lari avtohalokatlar sonini birinchilikka olib chiqdi

Viloyatda 2021-yilda 588 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 265 nafar fuqaro vafot etgan.

Qashqadaryoning "shumaxer"lari avtohalokatlar sonini birinchilikka olib chiqdi

 

2020-yil bilan solishtirilganda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 2021 yilda 92 taga, tan jarohati bilan bog‘liq holatlar esa 155 taga ko‘paygan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB YHXBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

 

Maʼlum qilinishicha, agar sodir etilayotgan avtohalokatlar hafta kunlari bo‘yicha qiyoslanganda haftaning seshanba, juma hamda shanba kunlariga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. O‘tgan yilda 108 ta yo‘l transport hodisasi tungi soat 00:00 dan tongi 06:00 ga qadar, 110 tasi kunduz soat 15:00 va 18:00 oralig‘ida kuzatilgan. Shahar-tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p avtohalokatlar Chiroqchi tumani hududida sodir bo‘lgan. Tumanda o‘tgan yili 110 ta YTH yuzaga kelgan.

 

Shuningdek, matbuot anjumanida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgan hududlar ham alohida tahlil etilgani va o‘lim bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘lgan hududlar maxsus belgilab olingani taʼkidlandi.

 

Yil davomida 3-4 marta avtohalokat sodir bo‘lgan hududlar "avariya o‘chog‘i" deb topilgan. Masalan, Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan A378 Samarqand — G‘uzor avtomobil yo‘lining 83-84 kilometrida 3 ta og‘ir YTH kuzatilgan. Bundan tashqari, aynan, shu yo‘lning 95-96 kilometrida ham 4 ta avtohalokat kuzatilgan. Shu bois mazkur hudud "avariya o‘chog‘i" deb eʼlon qilingan.

 

YTHlarga tezlikni oshirish va quvib o‘tish qoidalarini buzish asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

 

Matbuot anjumani davomida viloyatdagi mavjud yo‘l belgilari, ularni almashtirish chora-tadbirlari, shuningdek, "avariya o‘chog‘i" deb topilgan hududlarda olib borilayotgan ishlar xususida ham maʼlumotlar berildi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 1991 yilda Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatga olingan transport vositalari soni 85 000 tani, 2021 yil holatiga ko‘ra esa 307 779 tani tashkil etgan.

 

Shavkat Aminov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика