1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Yamal Pelening 66 yillik rekordini yangiladi

U yirik tunirning yarim finalida gol urdi.

Yamal Pelening 66 yillik rekordini yangiladi

 

Lamin Yevropa chempionati yarim finalida Fransiya jamoasi darvozasiga gol urdi. Natijada 16 yoshli futbolchi yirik xalqaro turnirlar tarixida gol urgan eng yosh o'yinchiga aylandi.

 

Mazkur ko'rsatkichda 3-o'rinni meksikalik Manuel Rosas egallagan. Yarim himoyachi 1930-yilgi jahon chempionatida Argentinaga qarshi o'yinda dubl qayd etgan. U o'shanda 18 yoshu 93 kunlik edi.

 

Futbol qiroli Pele ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Braziliya terma jamoasi forvardi 1958-yilgi jahon chempionatida Uels termasi darvozasiga gol urgan. O'shanda bo'lajak futbol qiroli 17 yoshu 239 kunlik edi.

 

Pelening rekordini yangilagan Lamin Yamal birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ispaniyalik hujumchi Yevro-2024 doirasidagi Fransiyaga gol urdi. O'sha paytda Lamin 16 yoshu 362 kunlik edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика