Bugundan Toshkent xalqaro kinofestivalining ishchi guruhi o‘z faoliyati o‘z ishini boshladi
24 avgust sanasidan Kinematografiya agentligi “O‘zbekfilm” kinokonsernida 28 sentyabr - 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshlaydi.


Agentlik tomonidan kinokonsernda kinofestival ishchi guruhi uchun alohida pavilyon tashkil qilingan bo‘lib, festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish uchun barcha OAV vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar mazkur pavilyonga taklif etilgan.

Unda kinofestivalga tayyorgarlik jarayonlari, namoyish uchun rejalashtirilayotgan filmlarning saralash guruhi, ijodiy loyihalar va taqdimotlar ko‘rsatiladi.
Mazkur kinofestival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi "Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida"gi PQ-5151-son qarori bilan qayta tiklangan. Endilikda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 2021 yildan boshlab har yili 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq, “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali hamda O‘tkir Hoshimov haqida “Chiroq ko‘targan odam” hujjatli filmi suratga olinishi haqida xabar bergandik.







