Jahon

Toliblar jurnalistni kaltakladi

TOLONews nashri muxbiri toliblar tomonidan kaltaklandi.

Toliblar jurnalistni kaltakladi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, jurnalist Ziyor Yad va operator Kobuldagi qashshoqlar va ishsizlik haqida lavha tayyorlash vaqtida toliblar tomonidan kaltaklangan. Ushbu hodisa Kobulning Hoji-Yoqub mavzesida bo‘lib o‘tgan. Toliblar jurnalist telefoni va videokamerasini ham tortib olgan.

 

Tahririyatning xabar berishicha, bundan avval boshqa hududlarda ham OAV xodimlariga hujumlar kuzatilgan. Ammo oshkor qilinmagan. Ziyor Yad avtomat qo‘ndog‘i bilan kaltaklanganini aytdi. 

 

Parvon viloyati Jurnalistlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Parviz Aminzoda “ ‘Tolibon‘ ning butun mamlakatni nazoratga olgandan keyin muxbirlarga qanday muaomala qilishi xavotir uyg‘otadi”,- deb aytgan.

 

O‘z navbatida “Tolibon” ning madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmadulla Vosiq jurnalistlarga tahdid qilinganini, ammo ular kaltaklanmaganini maʼlum qildi. Shuningdek, Vosiq bu hodisaga  jiddiy yondashilganligini, surishtiruv ishlari davom etishini taʼkidladi.

 

Eslatib o‘tamiz bundan avval “Tolibon” OAV muammolarini hal qilish uchun uch tomonlama qo‘mita tuzganligi xabar qilingan edi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"