Jamiyat

Namanganda kanalga cho‘kib ketgan 10 yoshli bolaning jasadi topildi

Bu haqda Namangan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Qahramon Sattorov “Zamon.uz”ga maʼlum qildi.

Namanganda kanalga cho‘kib ketgan 10 yoshli bolaning jasadi topildi

 

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Mingbuloq tumani Gurtepa mahallasida yashovchi 10 yoshli S. ko‘chaga o‘ynagani chiqib ketib, uyiga qaytib kelmagan. Bundan xavotirga tushgan bobosi uni izlaydi. Oqibatda, o‘zlari istiqomat qiladigan mahalladan oqib o‘tuvchi Ohunboboyev kanali qirg‘og‘idan nabirasining kiyimlari va  velosipedini topib oladi.

 

 

         Taxminlarga ko‘ra, bola kanalga cho‘milishga tushgan va qaytib chiqmagan.  Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tezkor-qidiruv ishlari natijasida bir kunda bolaning jasadi  kanalga tushgan joyidan 25 km uzoqlikdan topildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda o‘zini kanalga tashlagan qizning chirigan jasadi topilgani hamda Farg‘onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"