Jamiyat

Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urildi, yo‘lovchi vafot etdi

Yurtimizda yildan-yilga avtotransport vositalari soni keskin ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, haydovchi va yo‘lovchi doim nazoratda bo‘lishni taqozo etadi.

Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urildi, yo‘lovchi vafot etdi

 

 

Suraxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, voqea 1 sentyabr kuni M-39 avtomobil yo‘lining 1352-kilometrida yuz bergan. Damas haydovchisi uxlab qolishi oqibatida harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ning orqasiga borib urilgan.

 

Oqibatda mashinada bo‘lgan haydovchining o‘g‘li olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

 

Avvalroq Chilonzor tumanida “Matiz” va “Nexia-3” sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida har ikki haydovchi va “Matiz” yo‘lovchisi kasalxonaga olib ketilgani hamda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida haydovchining xavfli harakatlari ortidan yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgani to‘g‘isida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"