Jahon

Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzilishi kerak”

Turkiya “Tolibon” hokimiyatini tan olishga shoshilmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu NTV nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzilishi kerak”

 

 

Vazirning fikricha, Afg‘onistonda  eng avvalo inqirozlarga chidamli va fuqarolar urushining oldini oladigan hukumat tuzilishi kerak.

 

Buning uchun “barcha siyosiy kuch va aholining turli qatlamlari, xususan ayollarni ham qamrab oladigan” inklyuziv hukumat tuzish zarurligi taʼkidlandi. Chavusho‘g‘lu “Biz  kuzatamiz va vaziyatdan kelib chiqib harakat qilamiz. Hozircha aniq pozitsiya yo‘q”, - deb aytgan.

 

Shuningdek, Turkiya Kobul aeroportini qayta ishga tushirish bo‘yicha Qatar va AQSH bilan hamkorlik qilayotgani maʼlum bo‘ldi. Tashqi ishlar vaziri xalqaro qoidalar asosida parvozlar yo‘lga qo‘yilishi muhimligini qayd etgan. “Eng muhim masala–xavfsizlik. Ammo kim  uni taʼminlay oladi? “Tolibon” buni amalga oshirishga ishonadi, lekin aeroportda to‘liq xavfsizlik o‘rnatilmaguncha hech qaysi aviakompaniya parvozlarni boshlamaydi. Biz buni doimiy taʼkidlab kelmoqdamiz”, – degan Chavusho‘g‘lu.

 

Maʼlumot o‘rnida, 15 avgust kuni “Tolibon” Kobul shahrini egalladi. AQSH harbiylari 31 avgust kuni Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Bu mamlakatdagi AQSHning 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.

 

Avvalroq, Jozef Bayden “Tolibon” hokimiyatini tan olmasligini aytgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"