Siyosat

Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyati yaratiladi - Shavkat Mirziyoyev

Kasbiy taʼlim bilan tizimli shug‘ullanish masalalar, to‘liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida maʼlum qildi.

Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyati yaratiladi - Shavkat Mirziyoyev

 

 

Qayd etilishicha, kelgusi besh yilda norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaro bandligini legallashtirishga yordam beriladi. Shu orqali ularning ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanishiga imkoniyat yaratiladi.

 

Shuningdek, hududlarda servis sohalari ko‘lamini kengaytirish orqali xizmat ko‘rsatish hajmi 3 barobarga oshiriladi va buning evaziga 3,5 millionta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Ayollar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi kelgusi besh yilda 2 barobarga kamaytiriladi. Shuningdek, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi va ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

Kelgusi uch yilda uy-joyga muhtoj 10 mingdan ziyod xotin-qizlarga imtiyozli shartlar asosida uy-joylar ajratiladi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlarimizni izchil davom ettiramiz.

2020 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Endi, zarur tayyorgarlik ishlarini ko‘rgan holda 2023 yildan boshlab ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz.

Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi. 

 

"Yana bir yangilik – 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi", - deya taʼkidladi prezident.

 

Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi har xil bo‘lib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo‘ladi. 

 

Tuman va shaharlardagi mavjud bir nechta tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi.

 

Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur deya aytgandi.

custom img

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo'lladi

Rossiya Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Turkman xalqining milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon muloqotida O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarga yetib bordi

Tashrif doirasida Qatar Amiri bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan

custom img

Shavkat Mirziyoyev Toskana gubernatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Tomonlar Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston rahbarining tashrifi sobiq amirning vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish maqsadida rejalashtirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoydagi tabiiy ofatlar qurbonlarining oila a’zolariga ta’ziya izhor etdi.

custom img

ICESCO bosh direktori Salim al-Malik “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Joriy yilda Toshkentda ICESCO ofisi ochildi, Oʻzbekistonning 7 ta meros obyekti tashkilot roʻyxatiga kiritildi.

custom img

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini qabul qilib, unga davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"