Jamiyat

Xabarlarni taqiqlash, ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo‘yish - aks taʼsirga olib keladi — Saida Mirziyoyeva

Bugun, 9 sentyabr kuni poytaxtimizda YEXHTning Markaziy Osiyo 23-Media konferensiyasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabarlarni taqiqlash, ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo‘yish - aks taʼsirga olib keladi — Saida Mirziyoyeva

 

 

Unda YEXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyru, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari bo‘yicha koordinatori Xans-Ulrix Im, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va boshqa yuqori martabali mutasaddilar ishtirok etdi.

 

Konferensiyaning birinchi sessiyasida “Ijtimoiy axborot: qadriyatlar, mazmun va strategik dilemmalar. Markaziy Osiyoda ijtimoiy axborot materiallarining qabul qilinishi” mavzusi yuzasidan xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi OAVlarning katta qismi o‘quvchilar ishonchi va hurmati kapital ekanini yaxshi anglaydi”, deya OAVning so‘nggi besh yilda shiddatli va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida taʼkidladi.

 

Shuningdek, kun davomida YEXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyruning AOKA rahbari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etdi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"