Qashqadaryodagi YTH haydovchi o‘limi bilan yakun topdi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi A380 G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beynov xalqaro avtomobil yo‘lining 100-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.


Maʼlum bo‘lishicha, Shahrisabz — Buxoro yo‘nalishida harakatlanib borayotgan “Isuzu” yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Cobalt” bilan to‘qnashgan. Oqibatda, “Cobalt” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
“Isuzu” haydovchisi tezlikni belgilangan meʼyordan oshirib harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda “Isuzu” bilan to‘qnashgan “Lacetti” yonib ketishi oqibatida 4 kishi vafot etgani hamda tez harakatlangan “Cobalt” mashinasi “Lacetti” bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







