Jamiyat

"O‘zimizni ko‘chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman" — Jizzaxda 13 yoshli bola “Lacetti” boshqarib ketayotgani aniqlandi

Jizzax viloyatida “Lacetti” avtomashinasini 7-sinf o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

"O‘zimizni ko‘chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman" — Jizzaxda 13 yoshli bola “Lacetti” boshqarib ketayotgani aniqlandi

 

 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati, Zomin tumanida YPX xodimlari tomonidan Lacetti to‘xtatilganda, rul boshqaruvidan 13 yoshli, 7-sinfda o‘qiydigan bola tushib kelgan.

 

Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham birga ekani aniqlangan. YPX xodimi «Ota-onangizning xabari bormi avtomobil boshqarganingiz haqida?» – deb bergan savoliga bola «Ha, xabarlari bor, o‘zimizni ko‘chada bir yildan beri boshqarib yuraman» — deya javob qaytargan.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida 16 yoshli fuqaro ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchining 13 yoshli ukasi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

"O‘zimizni ko‘chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman" — Jizzaxda 13 yoshli bola “Lacetti” boshqarib ketayotgani aniqlandi