Jamiyat

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilganlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro J.M. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali 10 000 AQSH dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishini aytib, oldindan 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyatI boshqarmalari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Bundan tashqari, Marg‘ilon shahrida ham fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro O.ni 7 000 AQSH dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq Buxoroda BuxDUga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib $4 ming olgan firibgar ushlangani hamda Jarqo‘rg‘on tumanida zahiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi | Zamon.uz