Jahon

“Tolibon” yetakchilari o‘rtasida nizo chiqqan bo‘lishi mumkin

“Tolibon” yetakchilari o‘rtasida nizo chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “BBC” xabar berdi.

“Tolibon” yetakchilari o‘rtasida nizo chiqqan bo‘lishi mumkin

 

 

Harakatning yuqori martabali amaldorlaridan biri Mulla Barodar va Xalil Rahmon Haqqoniy o‘rtasida kelishmovchilik boshlanganini BBC'ga maʼlum qilgan. Barodar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lsa, Haqqoniy migratsiya masalalari bo‘yicha vazir hisoblanadi.

 

Xabarda aytilishicha, ikki amaldor bir-biriga keskin so‘zlar aytgan. To‘qnashuvda tarafkashlik holati ham ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

 

Nizoga Mulla Barodarning yangi hukumat tuzilishidan noroziligi sabab bo‘lgan. Ammo BBC kelishmovchilikning tub ildizi toliblar g‘alabasiga kim asosiy hissa qo‘shganligi masalasiga borib taqalishini taxmin qilmoqda. Xususan, Barodarning fikricha, “Tolibon”ning hokimiyatga kelishida siyosiy qanot va u o‘tkazgan muzokaralar katta rol o‘ynagan. Xalil Haqqoniy va uning ortida turgan “Haqqoniy tizimi” guruhi esa g‘alabaga harbiy muvaffaqiyatlar sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

 

Mulla Barodarning toliblar harbiy qanoti bilan nizosi haqidagi xabarlar bir necha kundan buyon tinmayapti. Uning o‘zi bir haftadan beri ko‘rinish bermagan. Baʼzi manbalar Barodar Kobulni tark etib, Qandahorga jo‘nab ketganini maʼlum qildi. Uning qayerda ekani haqida “Tolibon”ning o‘zi ham bir-biriga zid bayonotlar bermoqda. Masalan, dastlab uni Qandahorga ketganligi aytilgan. Ammo keyinchalik “Mulla Barodar charchagan va unga dam olish zarur”ligi xabar qilindi.  Shu bilan birga bosh vazir birinchi o‘rinbosari tez orada Kobulga qaytishi va rasmiy bayonot berishi ham mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘onistonda 100 dan ortiq OAV yopilgani xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"