Siyosat

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun 16-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi

 

 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sammitda tashkilotga aʼzo mamlakatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.

 

Taʼkidlanishicha, davlat rahbarlari kengashining majlisida SHHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyati hamda Tojikiston raisligining yakunlari ko‘rib chiqilib, ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalari muhokama qilinadi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

 

Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. SHHTga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi sammitning muhim voqeasi bo‘ladi.

 

Shuningdek, anjuman doirasida “SHHT - KXSHT” formatidagi uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

 

Bundan avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammiti tadbirlarida ishtirok etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi | Zamon.uz