“Sirdaryo” daryosida 26 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi
Pop tumani “Mirzaorol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosida 26 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.


Unda aytilishicha, Namangan viloyati Pop tumani “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A.D. ismli fuqaro joriy yilning 15 sentyabr kuni tushlikdan so‘ng o‘zini ehtiyotsizligi oqibatida daryoga tushib, cho‘kib ketgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi hamda Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruxi yetib borgan. Dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Hozirda ham qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda kanalga cho‘kib ketgan 10 yoshli bolaning jasadi topilgandi. Shuningdek, viloyatda “Nexia” boshqaruvini yo‘qotilishi sababli kanalga tushib ketgandi.
Bahriniso Madumarova







