Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi “Cobalt” bilan to‘qnashdi, haydovchi voqea joyida vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida “Cobalt” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.


Maʼlum bo‘lishicha, 12 sentyabr kuni soat 15:00 atrofida tumanning Ajiniyoz ovulida yashovchi B.A. ismli shaxs Cobalt avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Taʼkidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida "Cobalt" haydovchisi og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq, Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida YTH yuz bergani hamda Qashqadaryodagi YTH oqibatida haydovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.







