Qarshida IIO xodimlarining qo‘lini tishlab, bezorilik sodir etgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qarshi shahar “Islom Karimov” ko‘chasida joylashgan “Dori-darmon» MCHJga qarashli dorixona ro‘parasida fuqaro va IIO xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga keldi.

Bu haqda IIV xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha , “Sho‘rtan” MFYda yashovchi X.I. o‘zining oldindan tanishi bo‘lgan “Navo” MFYda yashovchi L.A. va G‘.Dlar bir-birini haqoratlab, baqirib yon-atrofdagi fuqarolar tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashishgan.
Bu vaqtda xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB PPX xodimlari fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘layotganini ko‘rib, jamoat tartibini saqlash hamda oldini olish maqsadida fuqarolarni oldiga borgan.
Janjal qilayotgan fuqarolar L.A., X.I. va G‘.D.lar IIB PPX xodimlarini qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ularning xizmat kiyimini yirtib, qo‘lini tishlab faol qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.A. X.I. va G‘.D.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIB xodimlari faoliyatiga asossiz aralashib, ularga qarshilik ko‘rsatgan shaxsga qonuniy baho berilagani hamda Qashqadaryoda profilaktika inspektorining egnidagi xizmat kiyimini yirtgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xaqida xabar bergandi.
Munojat Valiyeva







