Yarim tunda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib yurgan shaxslar ushlandi
Chirchiq shahar "Alisher Navoiy" ko‘chasida tungi soat 01:30 da avtomashinada shovqin solib, aholi tinchligini buzib, baland ovozda suhbatlashayotgan 4 nafar shaxsning xatti-harakatlari hududda xizmat olib borayotgan IIB PPX xodimlarida shubha uyg‘otadi. Bu haqda IIV axborot xizmati maʼlum qildi.


Xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruv va ko‘rilgan choralar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Tekshiruv jarayonida ularning bir nafari — 25 yoshli T.S.ning yonida 20 dona “Tropikamid” va 126 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Ushbu dori vositalari guvohlar yordamida daliliy ashyo sifatida olinib, T.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish taʼminlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda giyohvand moddalarni sotayotgan 66 yoshli shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







