Jamiyat

Aziz Abduhakimov: “Kino — 5 kunda” loyihasi bizga, eng avvalo, iqtisodiy jihatdan foydali sanaladi

Bugun boshlangan Toshkent xalqaro kinofestivali mamlakatimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. 14 yil tanaffus qilgan xalqaro kinofestival Prezidentimiz tashabbusi va qarori bilan yana qayta tiklandi.

Aziz Abduhakimov: “Kino — 5 kunda” loyihasi bizga, eng avvalo, iqtisodiy jihatdan foydali sanaladi

 

 

Unda 50 ta davlatdan 300 ga yaqin taniqli sanʼat arboblari, ssenariychilar, aktyor va kinorejissyorlar ishtirok etmoqda.

 

Kinofestival doirasida nafaqat taniqli shaxslar, balki yoshlarga ham katta eʼtibor qaratilyapti. “Kino — 5 kunda”  dasturida  asosan yoshlar nazarda tutilgan. Ushbu dastur doirasida O‘zbekistonning turli kinolokatsiyalarini tanlab oldik. Xorijdan kelgan  46 ta kinoguruhni o‘sha kinolaksiyalar bo‘yicha yo‘naltirdik. Xorijliklar va bizning yosh ijodkorlarimiz o‘zaro hamkorlikda  qisqa muddatda kinofilmlar yaratish imkoniga ega bo‘ldi.

 

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad nimadan iborat?

 

- “Kino — 5 kunda” loyihasi bizga, eng avvalo, iqtisodiy jihatdan foydali sanaladi. U O‘zbekistonning turistik manzillarini butun dunyoga tanishtirish, milliy kinematografiyamizni kelajakda haqiqiy  kinosanoatga aylanishiga imkon beradi. Bu esa mamlakatimiz uchun har jihatdan manfaatlidir.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Bundan avvalroq turkiyalik ssenarist va prodyuser Xuseyn Ozden Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog‘langanini, Vivek Srivastava o‘zbek filmlari juda yoqishini aytgandi. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurgani, Oktay Kaynarja yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytgani hamda Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. 

 

 

 Munojat Valiyeva

Aziz Abduhakimov: “Kino — 5 kunda” loyihasi bizga, eng avvalo, iqtisodiy jihatdan foydali sanaladi | Zamon.uz