Jahon

Gruziya bosh vaziri Mixail Saakashvili agar Gruziyaga qaytsa, tezda qamoqqa olinishini aytdi

Qayd etilishicha, Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya hududiga qadam qo‘ygan zahoti hibsga olinishini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Gruziya bosh vaziri Mixail Saakashvili agar Gruziyaga qaytsa, tezda qamoqqa olinishini aytdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, sobiq prezident 2-oktabr kuni mahalliy saylovlar uchun Gruziyaga qaytmoqchi bo‘lgan.

 

Garibashvili Mixail Saakashvili to‘g‘risida o‘zining qatʼiy fikrini quyidagicha izohlagan:

 

“Saakashvili bizning yerimizga, hududimizga qadam bosishi bilan, tezda hibsga olinadi va qamoqqa tashlanadi. Bu jarayonga aralashgan har bir kishi qonun doirasida eng qattiq tarzda jazolanadi”.   

 

Shu bilan birga, u Saakashvilining  mamlakatga kelishdan maqsadi hokimiyatni qayta qo‘lga kiritish ekaniga ishonch bildirgan va hozirgi vaziyat 2003-yilda sobiq prezident o‘z sheriklari bilan Gruziyada “atirgul inqilobi”ni uyushtirib, hokimiyatni egallagani kabi emasligini aytgan.

 

“Saakashvilining yagona vazifasi va maqsadi mamlakatimizda tartibsizliklar, beqarorlik va betartiblikni keltirib chiqarish. Uning yagona istagi esa hokimiyatni qo‘lga olish. Bu Saakashvili va uning jamoasi uchun amalga oshmaydigan orzu. Bugun davlat kuchli, Mixo va uning to‘dasi bu 2003 yil, deb o‘ylamasin. Har kim har qanday provokatsiya uchun qatʼiy javob beradi, albatta, qonun doirasida”, — deya xulosa qilgan Garibashvili .

 

Maʼlumot o‘rnida: Saakashvili 2-oktabr tunda Tbilisiga uchish uchun samolyot chiptasini sotib olganini aytgan. Keyinchalik tarmoqda chiptaning fotosuratlari paydo bo‘lgan, unda sobiq prezident onasi Giuli Alasaniya bilan Gruziyaga kelishi maʼlum bo‘lgan.

 

Bundan avval  Gruziya hukumati cheklovlarni qayta tiklagani, Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘lgani hamda gruziyalik paraatlet Tokiodan badarg‘a qilingani aytilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.