Jamiyat

Navoiyda qaynota kuyovini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Navoiy viloyati IBB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, fuqaro o‘z kuyovini pichoqlab o‘ldirdi.

Navoiyda qaynota kuyovini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

 

 

Aniqlanishicha, fuqaro T.G.ning kuyovi A.K. bilan o‘zaro munosabatlari oldindan yaxshi bo‘lmagan. Oqibatda, T.G. qizi N.K.ni o‘z uyiga olib keladi. Biroq uning to‘rt nafar farzandi kuyovi uyida qoladi. T.G. biroz muddatdan keyin nabiralarini o‘z uyiga olib kelmoqchi bo‘ladi.

 

Shu sababli, fuqaro kechasi spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda tungi soat 02:30 lar atrofida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” avtomashinasida kuyovi A.K.ning yashash xonadoniga boradi.

 

Shundan so‘ng qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan tanasining turli joylariga bir necha marta urib, hayot va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

 

Voqea yuzasidan Navoiy viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Samarqandda yer talashgan yigit pichoqlangani, voyaga yetmagan shaxs uch tengdoshiga pichoq urgani hamda qayniuka pochchasidan qasd olish uchun uning akasini pichoqlagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Navoiyda qaynota kuyovini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz