Jamiyat

Chirchiq daryosi ustiga yangi ko‘prik quriladi

Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Chirchiq daryosida yangi zamonaviy ko‘prik bunyod etiladi. U Toshkent viloyati hududidan o‘tadi.

Chirchiq daryosi ustiga yangi ko‘prik quriladi

 

 

Qayd etilishicha, ko‘prik qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.

 

Mazkur loyiha O‘zbekiston Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Ushbu ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” avtomagistralidan Chirchiq shahriga kiraverishda daryo to‘g‘oni yonida quriladi. Loyihada to‘xtash hududlari, sug‘orish va irrigatsiya tizimlari, tashqi yoritish qurilmalari eʼtiborga olingan.

 

Bundan avvalroq  dunyodagi eng muhtasham 10 ta ko‘prikning fotojamlanmasi taqdim etilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"