“Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda festival mehmonlari, sanʼatkorlar va yoshlar OAV vakillari ishtirok etdi.


Film O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan.

Senariy mualliflari Azamat Korjovov va Rashid Malikov, rejissyor va rejissyor yordamchisi Rashid Malikov, surat rejissyori Aleksey Venzos, bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmonov, kostyum dizayneri Elena Aytova.
Filmda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov, Elbek Fayziyev va boshqalar rol ijro etgan.


Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq Turk va Hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani hamda Toshkent xalqaro kinofestivalining jahon kinosi kunlari dasturini eronlik rejissyor Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari” filmi boshlab berishi haqida xabar qilingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







