Jamiyat

Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbek qizi haqidagi film namoyishi bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent Xalqaro Kinofestivalida bugun rejissyor va prodyusser Timur Bekmambetov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbek qizi haqidagi film namoyishi bo‘lib o‘tdi

 

 

Uchrashuvda Timur Bekmambetov o‘zi yaratgan madaniyat sohasini rivojlantirishga qaratilgan jamg‘arma haqida maʼlumotlar berdi.

 

Maʼlumki, mazkur fondning faoliyati ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Uchrashuvda rejissyor fond ko‘magi bilan ishlangan, Tokioda o‘tkazilgan paralimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Asila Mirzayorova haqidagi qisqa metrajli animatsion filmni namoyish qildi.

 

Shu bilan birga, uchrashuvda Timur Bekmambetov fondi homiyligida ishlangan rejissyor Levan Gabriadzening  “Onajon, bilasizmi, men qayerdaman?” filmi, Janna Bekmambetovaning “Chik-chirik” multfilmi namoyish etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq, Turk va Hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etilgani, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligida Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga olinishi haqida xabar qilingandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"