Jahon

Yevropa Ittifoqi Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni kechiktirdi

Bunga Kanberraning fransuz suvosti kemalaridan voz kechishi  asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni kechiktirdi

 

 

YI va Avstraliya o‘rtasidagi savdo muzokaralarining 12-raundi oktabrda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo maʼlumotlarga ko‘ra, baʼzi hal qilinmagan masalalar tufayli ularni hozirda davom ettirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga noyabrda muzokaralarni davom ettirish mumkinligi maʼlum qilindi. Ushbu jarayonga yaqin manbalardan biri hodisa aynan fransuz suvosti kemalari bilan bog‘liqligini aytgan.

 

Avstraliya savdo vaziri Den Texan hozirda Yevropada bo‘lib turibdi. Uning taʼkidlashicha, muzokaralar vaqtinchalik qoldirildi,  butunlay bekor qilingani yo‘q. Texan kelgusi hafta Parijga boradi. Ammo uning fransuz hamkasbi Frank Rister bilan uchrashishi  maʼlum emas. Hozirga qadar Fransiya ishbilarmonlari ittifoqi — MEDEF Avstraliya vaziri bilan uchrashuvini bekor qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 16-sentabr kuni Avstraliya AQSH va Buyuk Britaniya bilan yangi harbiy alyans –– AUKUS tuzganini eʼlon qildi. Shundan keyin AQSH Kanberraga atom suvosti kemalarini yetkazib berishga vaʼda bergan. Bu Fransiya bilan 56 milliard yevropalik shartnomaning bekor qilinishiga olib keldi. Oqibatda Fransiya AQSH va Avstraliyadagi elchilarini chaqirib olgan.

 

Avvalroq Fransiya YEIning Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuviga qarshi chiqqani  va Xitoy yangi harbiy alyans qurollanish poygasini kuchaytirishi haqida bayonot bergani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa Ittifoqi Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni kechiktirdi | Zamon.uz