Jamiyat

“Umovie” onlayn kinoteatri ishga tushiriladi

O‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boruvchi yuqori sifatli filmlar va seriallar namoyish etiladigan onlayn kinoteatr yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.

“Umovie” onlayn kinoteatri ishga tushiriladi

 

 

Unda aytilishicha, mazkur platforma “Umovie” bo‘lib, uning yaratilishida tomoshabinlarning xohish va ehtiyojlari inobatga olingan.  

 

Platforma dunyoning istalgan nuqtasida va istalgan qurilmada ishlaydi. “Umovie” o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan sevimli filmlardan zamonaviy kinokartinalargacha tomosha qilish imkonini beradi. Barcha film va multfilmlar toifalarga ajratilgan. Obunachi “TANLANGAN” bo‘limiga o‘zi yoqtirgan filmni qo‘shishi va xohlagan vaqtda tomosha qilishi mumkin.

 

 

Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq film va multfilmlar veb ilovadan o‘rin olgan.

 

Kinolentalar bazasi muntazam ravishda yangilanadi. Endilikda “IOS” va “Android” operatsion tizimlari uchun “Umovie” ilovasini yaratish rejalashtirilmoqda.

 

—"Platforma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq yaratilgan. Ushbu platformaning yaratilishi – bugungi davr talabi. Loyihani milliy kinematografiyani rivojlantirish va targ‘ib qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadam siftatida baholash mumkin. — deb izoh berdi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

Platformaning taqdimoti davlat rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Bundan avval Toshkent xalqaro kinofestivalida kimlar ishtirok etayotgani, Toshkent xalqaro kinofestivali yangicha shakl va mazmunda qayta tiklanayotgani hamda “Chaqir” obrazida o‘z muxlislari qalbidan joy olgan Oktay Kaynarja yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev