Mayk Tayson yana ringga qaytmoqchi
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi.


Mayk ular o‘rtasida hatto ko‘rgazma jangi tashkil etishni ham taklif qildi:
“Roy Jonsga qarshi oxirgi jangimda ko‘plab rekord o‘rnatdim. Men shu onlarda chempionlik davrimga qaytgandekman. Endi esa Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchiman. Uning gapiga ko‘ra, biz yaqin orada ko‘rgazma jangini ham tashkil qilishimiz mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil noyabr oyida Tayson yengil vazn toifasida sobiq chempion Roy Jons bilan ko‘rgazma duelini o‘tkazgandi. O‘shanda sakkiz raundlik jang durang bilan yakunlangandi. 54 yoshli Mayk professional boksda 58 ta jang o‘tkazgan. Ularning 50 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, olti bor mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir jang turli sabablar tufayli qoldirilgan.
Avvalroq Tayson Xolifild bilan jang qilishni xohlamagani va Menni Pakyao boksdagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







