Jamiyat

Namanganlik ayol tunda bosqinchilarga duch keldi

Joriy yilning 29-sentabr kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27-sentabr kuni soat 03:00 larda Chortoq tumanida yo‘l chetida o‘tirgan vaqtida, oldiga “Nexia” rusumli avtomashinasi kelib to‘xtab, avtomashinada bo‘lgan uch nafar notanish shaxslardan biri tushib, qo‘lida bo‘lgan 200.000 so‘m puli bo‘lgan sumkasini qo‘lidan tortib olib ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namanganlik ayol tunda bosqinchilarga duch keldi

 

Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.Х.ning boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida birga kelayotgan sherigi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Х.I.lar sodir etganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Toshkentda 3 nafar nomaʼlum shaxs dorixona sotuvchisiga tahdid qilib, 15 million so‘mini o‘marib ketgani, surxondaryolik bir qator  bosqinchilarga chora ko‘rilgani hamda Yunusobod tumanidagi bekatlardan birida joylashgan do‘konga niqoblangan ikki nafar shaxs qo‘lida pichoq bilan bostirib kirgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova