Jahon

G‘arb ham "Tolibon" bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda: Britaniya maxsus vakili Afg‘onistonga keldi

Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili “Tolibon” hukumati rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqahhor Balxiy maʼlum qildi.

G‘arb ham "Tolibon" bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda: Britaniya maxsus vakili Afg‘onistonga keldi

 

 

Britaniya bosh vaziri maxsus vakili Saymon Gass 5-oktabr kuni Afg‘onistonga tashrif buyurgan. U bosh vazirning birinchi va ikkinchi o‘rinbosarlari Mulla Barodar va Abdusalom Xanafiy, shuningdek, tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy bilan uchrashgan.

 

 Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi uchrashuvda gumanitar inqiroz, terrorizmga qarshi kurash, ayollar va diniy hamda milliy ozchilik huquqlari masalalari ko‘tarilganini maʼlum qildi. Bundan tashqari Gass toliblarni Afg‘onistonni tark etish istagida bo‘lganlarga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi.

 

“Tolibon” o‘z navbatida barcha davlatlar, xususan, Buyuk Britaniya bilan munosabatlar yaxshilanishidan manfaatdor ekanini taʼkidlagan. Ammo buning uchun Britaniya ham konstruktiv qadamlar tashlanishi zarurligini qayd etgan.

 

Buyuk Britaniya o‘z rasmiy vakilini “Tolibon” huzuriga jo‘natgan birinchi G‘arb davlati bo‘ldi. Harakat bundan avval boshqa davlat elchi va rasmiylari bilan uchrashgan bo‘lsa-da, ular orasida Yevropa vakillari yo‘q edi. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson toliblarni qonuniy hukumat sifatida tan olmasligini aytgan. Ammo boshqa Yevropa rahbarlari qatori u ham ishchi aloqalar saqlab qolinishi muhim ekanini taʼkidlagan.

 

Bundan avval Germaniya Afg‘onistondagi harbiy missiyasi uchun qancha mablag‘ sarflagani hamda Kobulda portlash sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

G‘arb ham "Tolibon" bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda: Britaniya maxsus vakili Afg‘onistonga keldi | Zamon.uz