Muqaddam sudlangan shaxs qayta jinoyat sodir etdi
Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro K.M. ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 oktyabr kuni soat 12:00 larda nomaʼlum shaxs, Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida rasta ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so‘mlik "Samsung Galaxy A3" rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Bu xaqda Namangan IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningning 122-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, jarimalardan 8 million qarzi bor fuqaro qo‘shnisining avtomobilini o‘g‘irlab ketgani hamda оnlayn qimorda yutqazgan yigit o‘g‘irlik sodir etgani haqida xabar bergan edik.







