O'zbekiston

O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

Shavkat Mirziyoyevning BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (UNESCAP) “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimiga qo‘shilishga oid qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

 

 

Shartnomaning asosiy maqsadiOsiyo — Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg‘unlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

 

Xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston nomidan Transport vazirligi masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Shartnoma O‘zbekiston logistika markazlarining (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilinishi va ro‘yxatga kiritilishi imkonini berishi kutilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi 1947-yil mart oyida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Bangkokda joylashgan. Komissiya mintaqaviy va subregional hamkorlikni kuchaytirish orqali Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish uchun ishlab chiqilgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 23 ta hujjat imzolangandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari o‘rtasida memorandum hamda Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonga safari davomida ikki tomon o‘rtasida o‘ndan ortiq shartnoma imzolangani haqida xabar berilgandi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"