Toshkentda eng ko‘p yo‘lovchi tashiladigan avtobus yo‘nalishlari maʼlum bo‘ldi
Bugungi kunda jamoat transporti (avtobuslar) uzog‘imizni yaqin qilishi bilan birga xavfsizligimizni taʼminlab kelmoqda. Hozirda fuqarolarga har tomonlama qulay avtobuslar orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.


“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati jamoat transporti (avtobuslar)dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni (1-31 avgust holatiga ko‘ra) bo‘yicha maʼlumot taqdim etdi.
Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 131-sonli yo‘nalish - 236 656
2. 24 -sonli yo‘nalish - 169 028
3. 58 -sonli yo‘nalish - 162 004
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
1. 196-sonli yo‘nalish - 3 552
2. 113-sonli yo‘nalish - 6 434
3. 141-sonli yo‘nalish - 7 114
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF - 3 354 631
2. Isuzu - 2 746 445
3. Man - 1 664 795
4. Saz LE 60 - 758 458
130 ta yo‘nalish bo‘yicha jami yo‘lovchilar soni: 8 524 329.
Eslatib o‘tamiz, Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi tomonidan jamoat transporti harakati bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgandi.
Avvalroq jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni ochiqlangani, yo‘lovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisiga chora ko‘rilgani hamda Toshkentda ayrim avtobuslarning qatnov yo‘nalishi vaqtincha o‘zgargani haqida xabar berilgandi.







