Jamiyat

Yangiyo‘lda “Oilaviy bolalar uyi” faoliyati qayta tiklandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Kazakboyevlar oilasi ezgu ishga qo‘l urib, Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyidan 6 nafar o‘g‘il-qizni tarbiyasiga olgan holda “Oilaviy bolalar uyi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.

Yangiyo‘lda “Oilaviy bolalar uyi” faoliyati qayta tiklandi

 

 

Shuningdek, Quyichirchiq tumanida yashovchi Tojiboyevlar oilasi ushbu Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan aka-uka Abdulaziz va Miromon Abdukarimovlarni tarbiyasiga olishdi. Quvonarlisi, ushbu maskan tarbiyalanuvchilari — aka-singil Azamat va Zilola Ilyasovalar esa o‘z oilasiga, yaʼni onasi bag‘riga qaytarildi.

 

Avvalroq jazo muddatini o‘taganlar ham farzand asrab olishlari mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, farg‘onalik Shomahmudovlar oilasi 6 nafar hamda gulistonlik Boltayevlar esa 5 nafar farzandni tarbiyasiga olgandi. 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Yangiyo‘lda “Oilaviy bolalar uyi” faoliyati qayta tiklandi | Zamon.uz