Fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.R. “U.” fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydonining 6 sotixini fuqaro S.ga 35 000 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib olganligi aniqlangan.


Shuningdek, yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali to‘g‘rilab berishni vaʼda qilib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanida yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar kirdikori fosh etilgani va aynan shu yerda zaxirаdagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







