Jamiyat

Toshkentda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetofor va yo‘l chetidagi uyga borib urildi

Poytaxtda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetofor va yo‘l chetidagi uyga borib urildi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetofor va yo‘l chetidagi uyga borib urildi

 

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 8-oktabr kuni soat taxminan 07:00larda Yashnobod tumani, Uysozlar 1-tor ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvidagi "Mersedes Bens" rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusida harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, chorrahadagi svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilib to‘xtagan.

 

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgani, Surxondaryoda “Matiz” haydovchisi 12 yoshli qizni urib yuborgani, Samarqandda “Lacetti”ning qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi ayanchli yakunlangani hamda Qarshida “Nexia” haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashiringani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetofor va yo‘l chetidagi uyga borib urildi | Zamon.uz