Chilonzor tumanining ayrim joylarida gaz taʼminot vaqtincha uziladi
Maʼlum qilinishicha, 2021 - 2022 – yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzor tumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan Lutfiy ko‘chasidagi D - 426 mm o‘rta bosim yer osti gaz quvurini mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.


Shu sababli, 2021-yil 11-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Lutfiy mahallasidagi 378 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uydagi 98 ta xonadon, “1–Qatortol” mahallasidagi 356 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uydagi 128 ta xonadon, 8 - mavzedagi 58 ta ko‘p qavatli uylardagi 2298 ta xonadon, 9 -A mavzedagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 1896 ta xonadonlar, 7-mavzedagi 64 ta ko‘p qavatli uylardagi 2682 ta xonadon hamda ushbu manzillardagi ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval tabiiy gaz uchun to‘lovlar onlayn tizimga o‘tkazilishi va ogohlantirishsiz o‘chirilmasligi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







