Jamiyat

Chaqalog‘i ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgan er-xotinga jinoyat ish qo‘zg‘atildi

Maʼlum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi (mib) Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari qarzdorlikni undirish maqsadida fuqaro A.B xonadoniga boradi. Ammo davlat xizmatchilari qattiq qarshilikka uchraydi.

Chaqalog‘i ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgan er-xotinga jinoyat ish qo‘zg‘atildi

 

 

Qayd etilishicha, qarzdor shaxs va uning xotini ijrochilarni qattiq haqoratlaydi. Bundan naf chiqmasligiga ko‘zi yetgach, o‘zlarining norasida chaqalog‘i ustidan benzin sepib, yoqib yuborishi bilan tahdid qiladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Buning oqibatida MIB xodimlari o‘z xizmat vazifalarini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

 

Maʼlumot o‘rnida, qarzdordan 32,5 million so‘m pul undirish belgilangan.

 

Ayni paytda holat yuzasidan guvohlar ishtirokida er-xotinga nisbatan Jinoyat kodeksining “haqorat qilish” (140-modda) va “hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish” (219-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Sirdaryoda besh kunlik chaqalog‘ini besh ming dollarga sotayotgan ona ushlangani va axlat qutisidan yangi chaqaloq topilgani haqida xabar qilingandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Chaqalog‘i ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgan er-xotinga jinoyat ish qo‘zg‘atildi | Zamon.uz